Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

«Roma» Antonio Nusaning agenti bilan muzokaralarni boshladi

«Roma» Antonio Nusaning agenti bilan muzokaralarni boshladi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Roma» klubi «Lids» a’zosi Krisensio Sammervill transferi amalga oshmagach, e’tiborini «RB Leypsig» vingeri Antonio Nusaga qaratdi. Bu haqda Il Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.

Rimliklar Norvegiya terma jamoasi a’zosini hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun asosiy nishon sifatida belgilab olgan. Biroq Germaniya klubi qo‘yayotgan moliyaviy talab transfer yo‘lidagi asosiy g‘ov bo‘lib turibdi — «Leypsig» 21 yoshli futbolchini 55 million yevrodan arzonroqqa qo‘yib yubormoqchi emas.

«Roma» sport direktori Toni D'Amiko futbolchining atrofidagi insonlar bilan ehtimoliy transfer shartlarini muhokama qilishni boshlagan. Rimliklar short-listidan, shuningdek, Diyego Moreyra va Andreas Shelderup kabi muqobil variantlar ham o‘rin olgan.

Kiritildi: 19:17, 23.07.2026.
O'qildi: 498 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик