«Inter» «Tottenxem» himoyachisi Kristian Romeroning transferini rasmiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar beradi insayder Fabrisio Romano.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «neradzurrilar» o‘yinchi va klub bilan muzokaralar olib bormoqda. Jarayon oson kechmayotgani, ammo «Inter»ning niyati juda jiddiy ekani ta’kidlanmoqda.
Romero 2022 yildan beri «Tottenxem» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali 28 yoshli argentinalik futbolchining qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.
2025/26 yilgi mavsumda himoyachi 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. JCH-2026 da esa u 7 ta o‘yinda 1 ta gol urib, 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.













