Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

«Atlanta Yunayted» «Barselona» bilan bog‘lanayotgan Nunyes bo‘yicha muzokaralarni boshladi

«Atlanta Yunayted» «Barselona» bilan bog‘lanayotgan Nunyes bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Baho:
+ | -

MLSning «Atlanta Yunayted» klubi «Al-Hilol» hujumchisi Darvin Nunyesni o‘z safiga qo‘shib olish yo‘lida ilk qadamni tashladi. Bu haqda sport.es nashri xabar bermoqda.

Tarqatilgan ma’lumotlarga ko‘ra, «Atlanta» Saudiya Arabistoni klubi bilan urugvaylik forvardni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olish bo‘yicha muzokaralarga kirishgan. Futbolchi yangi jamoa topish uchun o‘zining agenti Jorje Mendeshni jalb qilgan. Biroq Saudiya klubi o‘tgan yozda 55 million yevro atrofida xarid qilgan futbolchisini tekinga qo‘yib yubormoqchi emas.

Nunyesning o‘ziga «Barselona» varianti qiziqarli, ammo kataloniyaliklar hozircha aniq qadam tashlashmagan va ushbu transferni ustuvor deb hisoblashmayapti. Ko‘p narsa Xulian Alvaresning transferiga hamda moliyaviy shartlarga bog‘liq bo‘ladi.

O‘tgan mavsumda 27 yoshli hujumchi 24 ta o‘yinda 8 ta gol urib, 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Mavsum davomida u legionerlar limiti sababli Saudiyaning ichki musobaqalari uchun qaydnomadan chiqarib tashlangan edi.

Kiritildi: 17:02, 24.07.2026.
O'qildi: 705 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик