Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/07 20:00 Nasaf 1-0 Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm 1-0 Surxon
28/07 20:00 Neftchi 1-1 Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

Rasman: Mark van Bommel Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Rasman: Mark van Bommel Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Baho:
+ | -

Niderlandiyalik mutaxassis Mark van Bommel Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Belgiya Qirollik futbol assosiasiyasining rasmiy sayti xabar berdi.

«Belgiya Qirollik futbol assosiasiyasi Mark van Bommel (49 yosh) 2026 yilning 15 avgustidan «qizil iblislar»ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlanganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. Mark van Bommel Belgiya milliy terma jamoasini 2028 yilgi Yevropa chempionatigacha boshqarishni ko‘zda tutuvchi shartnomaga imzo chekdi.

Murabbiy sifatida Mark van Bommel PSV Eyndxoven, «Volfsburg» va «Antverpen» klublarini boshqargan. «Antverpen»da u katta muvaffaqiyatga erishib, klubni ichki arenada tarixiy oltin dublga yetakladi — 2022/2023 yilgi mavsumda Belgiya Pro-ligasi va Belgiya kubogida zafar kuchdi», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Belgiya terma jamoasining yangi murabbiylar shtabidan Budeveyn Zenden, Marten Martens va Reynir Robbemond joy oladi.

Kiritildi: 17:46, 24.07.2026.
O'qildi: 585 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик