UEFA Chempionlar Ligasining yangi mavsum umumiy bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadigan sanani ma’lum qildi.
Tashkilot axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, Yevropaning eng nufuzli klublar o‘rtasidagi musobaqasining umumiy bosqichiga qur’a tashlash marosimi joriy yilning 27 avgust kuni o‘tkaziladi. Marosim davomida qit’aning eng kuchli jamoalari o‘z raqiblari nomini bilib olishadi.













