«Yuventus» ikki nafar darvozabonga — «Benfika» posboni Anatoliy Trubin va «Parma» o‘yinchisi Dzion Sudzukiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Turin klubi ikkala futbolchi bo‘yicha ham axborot so‘ragan. Shu bilan birga, «Aston Villa»da to‘p suradigan va Argentina terma jamoasi tarkibida JCH g‘olibi bo‘lgan Emiliano Martines ushbu pozisiyani kuchaytirish uchun asosiy nomzod bo‘lib qolmoqda. Ammo hozirgacha klublar ehtimoliy transfer bo‘yicha kelishuvga erisha olishmagan.
Trubin 2023 yilning yozida «Shaxtyor»dan 10 million yevro evaziga «Benfika»ga o‘tgan edi. Uning Portugaliya klubi bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan, Transfermarkt portali ukrainalik darvozabonning qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.













