APL klubi «Ipsvich» Yaponiya terma jamoasi hujumchisi Daydzen Maedaning «Seltik»dan transfer qilinganini rasman e’lon qildi. BBC xabariga ko‘ra, transfer summasi taxminan 11,6 million yevroni tashkil etdi, 28 yoshli futbolchi bilan esa uch yillik shartnoma imzolandi.
«Men har doim APLda o‘ynashni orzu qilganman va ushbu orzumni aynan shu klubda amalga oshirayotganimdan juda baxtiyorman. «Ipsvich» vakillari bilan muloqot juda manzur bo‘ldi va ilk suhbatlardan oq klub tomonidan bildirilgan ishonchni his qildim», — dedi Maeda shartnoma imzolanganidan so‘ng.
«Mening maqsadim har doim bir xil — oxirigacha kurashish, gollar urish, golli uzatmalar berish va jamoa manfaati uchun qo‘limdan kelgan barcha narsani qilish», — deya qo‘shimcha qildi u.
Maeda 2022 yil boshidan beri «Seltik»da to‘p surib kelayotgan edi va 4 yarim mavsum davomida jamoaning haqiqiy timsollaridan biriga aylandi. U Glazgo klubi safida 212 ta o‘yinda maydonga tushib, 79 ta gol urgan va 5 marta Shotlandiya chempionligi, 3 marta mamlakat Kubogi hamda 2 marta Shotlandiya ligasi Kubogini qo‘lga kiritgan.













