Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/07 20:00 Nasaf 1-0 Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm 1-0 Surxon
28/07 20:00 Neftchi 1-1 Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

Romero «Inter» variantidan ko‘ra «Barselona» taklifini kutishni afzal ko‘rmoqda

Romero «Inter» variantidan ko‘ra «Barselona» taklifini kutishni afzal ko‘rmoqda

Baho:
+ | -

«Tottenxem» himoyachisi Kristian Romero «Barselona»ga o‘tish orzusi tufayli «Inter»ga bo‘lajak transferini vaqtincha to‘xtatib qo‘yishga qaror qildi.

Jurnalist Janluiji Longarining xabar berishicha, «Inter» argentinalik himoyachining transferi bo‘yicha «shporlar» bilan prinsipial kelishuvga erishgan. Biroq futbolchining o‘zi kataloniyaliklardan rasmiy taklif kutayotgani sababli Milan klubiga o‘tishga shoshilmayapti. «Barsa» ham o‘z navbatida futbolchiga qiziqish bildirgan.

Biroq, yaqinda o‘tkazilgan Jahon chempionatida kumush medalga ega chiqqan Romero uchun «Barselona» faqat amaldagi tarkibdagi himoyachilardan birini sotib yuborgandan keyingina aniq taklif bilan chiqa oladi.

Bundan tashqari, Kataloniya klubi uchun ayni damda asosiy ustuvor vazifa hujum chizig‘ini kuchaytirish bo‘lib turibdi. Ushbu pozisiya uchun «Atletiko Madrid» a’zosi Xulian Alvares hamda «Bornmut» forvardi Eli Junior Krupi asosiy nishon bo‘lib turibdi.

Kiritildi: 17:04, 28.07.2026.
O'qildi: 1242 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик