Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Al-Hilol» Malkomni APL vingeriga almashtirmoqchi

«Al-Hilol» Malkomni APL vingeriga almashtirmoqchi

Baho:
+ | -

«Al-Hilol» 29 yoshli hujumchi Malkomni transferga qo‘ymoqchi va uning o‘rnini «Bornmut»ning 19 yoshli vingeri Rayan bilan to‘ldirmoqchi. Muzokaralar yaqin haftalarda faollashishi kutilmoqda. Bu haqda Globo nashri xabar beradi.

Manbaning ta’kidlashicha, futbolchi «Al-Hilol» bosh murabbiyi Simone Inzagining 2026/27 yilgi mavsum uchun rejalariga kiritilmagan. Saudiya klubi rahbariyati Malkomning transferi bo‘yicha tushayotgan takliflarni kuzatib bormoqda.

Malkom «Al-Hilol»ga 2023 yilning yozida «Zenit»dan o‘tgan edi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, braziliyalik o‘yinchining bozor qiymati 18 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 18:27, 02.08.2026.
O'qildi: 1220 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик