Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Eldor Adhamov: «Paxtakor»ga qarshi olgan bir ochkomiz — yaxshi natija»

Eldor Adhamov: «Paxtakor»ga qarshi olgan bir ochkomiz — yaxshi natija»

Baho:
+ | -

Superliga doirasidagi «Andijon» va «Paxtakor» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv durang bilan yakunlandi - 1:1. Ushbu o‘yindan so‘ng andijonliklar posboni Eldor Adhamov klub matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«O‘yin qizil kartochkagacha teng kurashlar ostida o‘tdi, deb o‘ylayman. Ularda ham, bizda ham hujumlar bo‘ldi. Lekin biz uchun ijobiy tugadi. Chunki "Paxtakor"ga qarshi safarda yoki uyda bir ochko ham yaxshi natija. Ular chempionlik uchun kurashayotgan, boy tarixga ega jamoa. Biroq o‘yin bo‘yicha ulardan qolishmadik, kerak bo‘lsa "Paxtakor" ham himoyalanishga majbur bo‘ldi», — dedi Adhamov.

Shuningdek, darvozabon ikkinchi bo‘lim o‘rtalaridagi o‘sha xavfli epizod va seyv xususida ham to‘xtalib o‘tdi.

«Raqib futbolchisi to‘pni uzoq burchakka tepadi, deb o‘ylagandim. Ammo u boshqa tarafga yo‘naltirdi, chunki himoyachilarimiz o‘sha tomonda edi. Yaxshiki, omad kulib boqdi va xavfli zarbani bartaraf eta oldik. Lekin bu har bir darvozabonning o‘z vazifasi deb o‘ylayman, bunda ortiqcha hech narsa yo‘q», — deya qo‘shimcha qildi posbon.

Manba: «Андижон» клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 05:44, 03.08.2026.
O'qildi: 645 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик