Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Uilshir Lyuis-Skellini «Manchester Yunayted»ga o‘tmay, «Arsenal»da qolishga chaqirdi

Uilshir Lyuis-Skellini «Manchester Yunayted»ga o‘tmay, «Arsenal»da qolishga chaqirdi

Baho:
+ | -

«Arsenal»ning sobiq yarim himoyachisi Jek Uilshir Mayls Lyuis-Skellini «Manchester Yunayted» tomonidan qiziqish borligi haqidagi xabarlarga qaramay, «Emireyts»da qolishga undadi.

«Manchester Yunayted» «kanonirlar»ning 19 yoshli ko‘p qirrali akademiya bitiruvchisiga yana bir bor qiziqish bildirayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Ba’zi manbalar bu xabarlarni allaqachon rad etgan bo‘lsa-da, Lyuis-Skellining kelajagi yana muhokamalar markaziga aylandi.

«O‘tgan yil Mayls uchun kuzatish qiziqarli kechdi, chunki menimcha, u ilgari bunday vaziyatga duch kelmagan edi», — dedi Uilshir.

«Akademiyadagi butun yo‘li davomida u va Itan Nvaneri o‘z yosh toifalarida har doim eng yaxshi o‘yinchilar bo‘lishgan.

Akademiya unga o‘z vaqtida to‘g‘ri chorlov taqdim etib, juda yaxshi ish olib bordi, ammo keyinchalik u to‘satdan ba’zi qiyinchiliklarga duch keldi. Maylsning bu vaziyatni boshqara olganidan juda xursand bo‘ldim.

Mahorat va boshqa jihatlarni bir chekkaga surib tursak, Maylsda menga eng ma’qul keladigan narsa — bu uning harakteri va e’tiqodi, u hech qachon bu fazilatlarini yo‘qotmagan.

Televizor orqali kuzatganimda, kamera ba’zan zaxira o‘rindig‘idagi Maylsni ko‘rsatardi va u har bir vaziyatda jamoani chin dildan qo‘llab-quvvatlardi. U sevgini his qilishni xohlaydigan va o‘zi ham katta mehr beradigan futbolchidir.

Mavsum oxirida u Chempionlar Ligasi finalida o‘zi uchun (mening fikrimcha) eng yaxshi pozisiyada o‘ynab, o‘z yo‘lini topdi.

Men uning jamoada qolishini va o‘z o‘rni uchun kurashishini xohlardim, chunki u ushbu tarkibdan joy olishga qodirligiga ishonaman. U buni uddalay olishiga ishonchim komil», — deya qo‘shimcha qildi Uilshir.

Kiritildi: 12:35, 04.08.2026.
O'qildi: 878 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик