Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«PSJ» Astanada futbol akademiyasini ochdi

«PSJ» Astanada futbol akademiyasini ochdi

Baho:
+ | -

«PSJ» Qozog‘istonda futbol akademiyasi ochilganini e’lon qildi. Parij klubining akademiyasi Astana shahrida faoliyat yuritadi – 2026 yilning sentyabr oyida u yerda 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 300 nafargacha bola ta’lim olishni boshlashi mumkin.

Shu tariqa, Qozog‘iston «PSJ» akademiyalarining global tarmog‘idagi 24-mamlakatga aylandi. Kelajakda mamlakatning boshqa shaharlarida ham filiallar ochish rejalashtirilgan.

«Hozirda butun Qozog‘iston bo‘ylab bolalarning futbolda yanada faol ishtirok etishi va sport infratuzilmasiga investisiyalarning ortishi tufayli futbol sezilarli darajada rivojlanmoqda. Qozog‘istonda «PSJ» akademiyasining ochilishi ushbu ijobiy o‘sishni aks ettiradi hamda mahalliy o‘yinchilarga dunyodagi eng tan olingan futbolni rivojlantirish dasturlaridan biridan foydalanish imkoniyatini berish orqali bolalar va o‘smirlar futbolining uzoq muddatli rivojiga hissa qo‘shishga qaratilgan», – deyiladi «PSJ» bayonotida.

Kiritildi: 17:06, 04.08.2026.
O'qildi: 942 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик