«Parma» darvozaboni Zion Sudzuki «Pari Sen-Jermen»ga o‘tishga yaqin turibdi. Insayder Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, Liga 1 grandi yapon futbolchisini sotib olishga bir qadam qoldi.
Biroq bosh murabbiy Luis Enrikening yangi darvozabon bo‘yicha aniq rejalari yo‘q, shu sababli u darhol Italiyaga qaytib ketishi mumkin – «Yuventus» uni ijaraga olishga qiziqmoqda. «Keksa sinyora» bilan muzokaralar allaqachon boshlangan.
Oldinroq Suzukining transferi «PSJ»ga 33 mln yevroga tushishi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. 23 yoshli darvozabonning o‘zi Chempionlar ligasining amaldagi g‘oliblari safiga o‘tishni xohlamoqda.













