Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK - Xorazm
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon

«Atletiko» «Tottenxem» himoyachisi uchun 30 million yevro taklif qiladi

«Atletiko» «Tottenxem» himoyachisi uchun 30 million yevro taklif qiladi

Baho:
+ | -

«Atletiko» «Tottenxem» himoyachisi Kristian Romeroni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Marca ma’lumotiga ko‘ra, Ispaniya klubi taxminan 30 million yevro miqdoridagi ilk rasmiy taklifni tayyorlamoqda. Bu o‘rinda «Tottenxem» 28 yoshli argentinalik futbolchi uchun 40 million yevro atrofida mablag‘ olishni rejalashtirmoqda. Qayd etilishicha, Romero uchun kurashda «Atletiko»ning asosiy raqobatchisi «Inter» bo‘lib, u londonliklarga allaqachon 35 million yevro hamda bonuslar ko‘rinishida yana 5 million yevro taklif qilgan.

Biroq futbolchining o‘zi Diyego Simeone jamoasiga o‘tishni afzal ko‘rmoqda. Ma’lum qilinishicha, «Atletiko» argentinalik himoyachi transferiga mablag‘ bo‘shatish uchun Matteo Rujeri va Nauel Molina sotilganidan so‘ng muzokaralarni tezlashtirishga umid qilmoqda.

Kiritildi: 15:28, 05.08.2026.
O'qildi: 1060 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик