Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoada hujumchi Vinisius Juniorni saqlab qolishga umid qilmoqda.
«Qaymoqranglilar»ning yangi ustozi braziliyalikning shartnomasini uzaytirishni talab qilmoqda va muzokaralarda shaxsan o‘zi ishtirok etmoqda, xabar beradi insayder Fabrisio Romano. Portugaliyalik mutaxassis 26 yoshli futbolchining o‘ziga bo‘lajak mavsumda unga ishonishini ma’lum qilib bo‘lgan.
Vinisiusning «Real» bilan amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yilning o‘rtalarida o‘z nihoyasiga yetadi. Tomonlar bitimdan o‘zaro manfaatdor ekanliklariga qaramay, keyingi hamkorlikning moliyaviy shartlari bo‘yicha kelisha olishmayapti. Ko‘plab mish-mishlarga ko‘ra, Londonning «Arsenal» klubi futbolchini o‘z tomoniga ogdirib olmoqchi.













