«Manchester Siti» «Marsel» golkiperi Xeronimo Rulini xarid qilishga yaqinlashdi.
Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano o‘z sahifalarida ma’lum qilmoqda. Manbaning xabariga ko‘ra, Angliya va Fransiya klublari o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli davom etmoqda va tomonlar kelishuv tuzishga tobora yaqinlashmoqda.
Avvalroq «Manchester Siti» Ruli uchun ikki million yevro taklif qilayotgani, darvozabonning o‘zi esa faoliyatini «Lids»da davom ettiradigan Jeyms Traffordning o‘rnini egallashi ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar berilgan edi. «Shaharliklar»ning birinchi raqamli darvozaboni sifatida italiyalik Janluiji Donnarumma qoladi.
Rulining «Marsel» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, uning transfer qiymati olti million yevroga baholanmoqda.













