Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Rudjeri «Aston Villa» bilan necha yillik shartnoma imzolashi ma’lum

Rudjeri «Aston Villa» bilan necha yillik shartnoma imzolashi ma’lum

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi himoyachisi Matteo Rudjeri faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishga juda yaqin turibdi. Jurnalist va insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, 24 yoshli italiyalik futbolchi Birmingemning «Aston Villa» klubi bilan 2031 yilning yozigacha mo‘ljallangan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha to‘liq kelishib olgan.

Futbolchiga A Seriyaning bir nechta grand klublari tomonidan qiziqish bo‘lganiga qaramay, Angliya klubi kurashda barcha raqiblarini ortda qoldirdi.

Klublar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, «Aston Villa» Rudjerining transferi uchun kafolatlangan 18 million yevro va qo‘shimcha 6 million yevro bonus (umumiy qiymati 24 million yevro) to‘lab beradi.

Madridliklar tarkibidagi ilk mavsumida Rujeri barcha turnirlarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi.

Kiritildi: 13:27, 07.08.2026.
O'qildi: 626 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик