Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

Ugandalik futbolchi bosqinchilar hujumi oqibatida halok bo‘ldi

Ugandalik futbolchi bosqinchilar hujumi oqibatida halok bo‘ldi

Baho:
+ | -

Ugandaning eng ko‘p sovrin yutgan klubi — “Villa” sardori Devid Ovori Kampaladagi uyi yaqinida qilingan hujum oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda BBC nashri bergan.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilarning asosiy maqsadi futbolchining mobil telefoni va boshqa shaxsiy buyumlarini tortib olish bo‘lgan. 27 yoshli Ovori talonchilarga qarshilik ko‘rsatishga uringan va buning oqibatida og‘ir yaralangan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hujumchilar futbolchini tosh bilan urib o‘ldirgan va voqea joyidan yashiringan. Hujumdan so‘ng Ovori dastlab eng yaqin shifoxonaga yetkazilgan, keyinroq esa xususiy tibbiyot muassasasiga o‘tkazilgan. Biroq olingan og‘ir tan jarohatlari sababli u ertasi kuni olamdan o‘tgan.

Uganda futbol federasiyasi (FUFA) ushbu mudhish voqeaga munosabat bildirib, Ovorini “nafaqat maydonda, balki undan tashqarida ham haqiqiy yetakchi” deya ta’rifladi.

Ovori faoliyatining katta qismini o‘z vatanida o‘tkazgan. Shuningdek, u Shvesiya va Ispaniyaning quyi divizion klublarida ham to‘p surgan. Futbolchi Uganda yoshlar terma jamoasi o‘yinlariga jalb qilingan, shuningdek, 2021-yilgi Afrika Millatlar Kubogi saralashi doirasida asosiy terma jamoa qaydnomasiga kiritilgan, biroq maydonga tushmagan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:09, 07.08.2026.
O'qildi: 1002 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик