«Manchester Siti» tarkibini yaqin orada «Lill» va Marokash terma jamoasi markaziy yarim himoyachisi Ayyub Buaddi to‘ldirishi mumkin.
Insayder Fabrisio Romanoning ta’kidlashicha, klublar 18 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga juda yaqinlashishgan. Shu bilan birga, «Siti» hali o‘yinchining o‘zi bilan kelishuvga erishgani yo‘q.
Avvalroq «shaharliklar» xavbek uchun 100 mln yevro to‘lashga tayyor ekanliklari xabar qilingan edi.
JCH-2026 da Buaddi Marokashning oltita o‘yinidan beshtasida ishtirok etdi va barcha bahslarda asosiy tarkibda maydonga tushdi.













