Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Manchester Siti» «Liverpul» yulduzini o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi

«Manchester Siti» «Liverpul» yulduzini o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning argentinalik yarim himoyachisi Aleksis Makallister faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Mett Tilen xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «shaharliklar» ehtimoliy transferni muhokama qilish uchun Makallisterning vakillari bilan bog‘lanishgan. Ta’kidlanishicha, Angliya grandi ushbu yozda Rodri Ernandes ketgan taqdirda 27 yoshli xavbekni sotib olishga harakat qilib ko‘rishi mumkin.

O‘tgan mavsumda Makallister barcha turnirlarni hisobga olgan holda 55 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Yarim himoyachining «Liverpul» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 10:59, 09.08.2026.
O'qildi: 723 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик