Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK - Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad - Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul

Flik Ferminning qaytishi haqida: «Biz ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak»

Flik Ferminning qaytishi haqida: «Biz ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak»

Baho:
+ | -

«Barselona» ustozi Xans-Diter Flik yaqinda jarohatidan tuzalib, maydonga qaytgan Fermin Lopesning holatiga izoh berdi.

Yarim himoyachi o‘tgan mavsum oxirida safdan chiqqan va shu sababli o‘tib ketgan Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasiga yordam bera olmagan edi. Shanba kuni 23 yoshli futbolchi may oyidan beri ilk bor maydonga tushdi — u «Nottingem Forest»ga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida (1:0) ishtirok etdi.

«Fermin masalasida ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak. Agar Rafinya jamoa bilan 10-12 kundan beri mashg‘ulot o‘tkazayotgan bo‘lsa, Fermin atigi bir necha kun oldin shug‘ullanishni boshladi. Hammasi yaxshi o‘tdi. Biz boshidanoq uni 45 daqiqa o‘ynatishga qaror qilgan edik», — deya Flikning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

16 avgust kuni kataloniyaliklarning navbatdagi mavsumoldi nazorat o‘yini bo‘lib o‘tadi — raqib Shveysariyaning «Bazel» klubi bo‘ladi.

Kiritildi: 11:08, 09.08.2026.
O'qildi: 1054 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик