Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

«Napoli» yarim himoyachi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi

«Napoli» yarim himoyachi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

«Katandzaro» yarim himoyachisi Konstantino Favasuli «Napoli»ga o‘tishga yaqin turibdi.

«Adzurri»lar 22 yoshli futbolchini keyinchalik majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga olish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdilar. Ijara muddati tugagach, italiyalik futbolchi besh yillik shartnomaga imzo chekadi.

Kelishuv summasi 7 million yevroni tashkil etishi kutilmoqda va transferdan tushgan daromadning yarmini «Fiorentina» oladi.

O‘tgan mavsumda Favasuli barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga ikkita gol va to‘qqizta assist yozdirib qo‘ydi.

«Napoli» A Seriyaning o‘tgan mavsumida ikkinchi o‘rinni egallab, Chempionlar Ligasining asosiy bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Massimiliano Allegri jamoasi yangi mavsumni 22 avgust kuni «Djenoa»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

Kiritildi: 18:25, 11.08.2026.
O'qildi: 703 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик