Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

«Arsenal» transferlarni davom ettiradi — Arteta yana yangi futbolchilar kerakligini aytdi

«Arsenal» transferlarni davom ettiradi — Arteta yana yangi futbolchilar kerakligini aytdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoaning transfer bozoridagi faoliyati haqida fikr bildirdi.

Yaqinda «kanonirlar» «Nyukasl» yarim himoyachisi Bruno Gimaraesni 87,5 mln yevrodan ortiq mablag‘ evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi. Ispaniyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, klub tarkibni yanada kuchaytirish ustida ishlashda davom etmoqda.

«Biz hali ko‘p ishlarni amalga oshirishni istaymiz. Tarkibni kuchaytirish, uning chuqurligi va sifatini oshirish uchun har bir imkoniyatdan foydalanishimiz kerak.

Shuni tushunish lozimki, hamma narsa ham faqat bizga bog‘liq emas. Shu sababli hech narsani va’da qila olmaymiz. Ammo klubning rivojlanishga bo‘lgan intilishiga hech qanday shubha yo‘q.

Biz imkoniyatlarni faol ravishda izlayapmiz. Biroq transfer bozorida ayni paytda ham xarid qilish mumkin bo‘lgan, ham jamoamizni haqiqatan kuchaytira oladigan futbolchilar juda kam», — deya Artetaning so‘zlarini afcstuff keltirdi.

Chorshanba kuni «Arsenal» «Komo»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Bahsning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa London klubi 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Kiritildi: 07:34, 13.08.2026.
O'qildi: 665 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик