Entoni Gordon yangi mavsumni «Elche»ga qarshi uchrashuvda markaziy hujumchi sifatida boshlashi mumkin. Bunga sabab — «Barselona» tarkibida hozircha klassik 9-raqamli hujumchining yo‘qligi.
O‘tgan mavsumda Gordon «Nyukasl» safida o‘tkazgan 47 ta uchrashuvining 16 tasida, ya’ni 34 foizida markaziy hujumchi pozisiyasida harakat qilgan. U shu davr mobaynida 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
«Barselona» bosh murabbiyi Hansi Flik Gordonni «Bazel»ga qarshi o‘yinda ham markaziy hujumchi sifatida sinab ko‘rishi mumkin.
Ayniqsa, kataloniyaliklar joriy yozgi transfer oynasida faqat bitta yangi hujumchi bilan shartnoma imzolashga moyil ekani hisobga olinsa, Gordonning markazda o‘ynash varianti jamoa uchun muhim yechimlardan biri bo‘lishi mumkin.













