Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

"Arsenal"da Subimendining kelajagi noaniqlashdi

"Arsenal"da Subimendining kelajagi noaniqlashdi

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Martin Subimendi jamoani tark etishi mumkin.

Ispaniyalik futbolchining ehtimoliy transferi haqidagi xabarlarga BBC jurnalisti Sami Mokbel izoh berdi.

"Yoz boshida "Arsenal" yarim himoya chizig‘i uchun rejalashtirilgan transferlar muvaffaqiyatli amalga oshsa, Subimendi bilan xayrlashishga harakat qilishi mumkinligi haqida eshitgandim. Hozir bu gaplar ancha kamaygan. Biroq Martinelli, Jezus va Nvaneri kabi futbolchilarni sotishdagi qiyinchiliklar klubni Subimendi bo‘yicha tushadigan takliflarni jiddiy ko‘rib chiqishga majbur qilishi mumkin", — dedi Mokbel.

Martin Subimendi o‘tgan yil yozida "Real Sosyedad"dan "Arsenal"ga 70 mln yevro evaziga o‘tgan edi.

27 yoshli yarim himoyachining londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 10:35, 16.08.2026.
O'qildi: 471 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик