Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

«Al-Hilol» Benzema bilan xayrlashmoqchi

«Al-Hilol» Benzema bilan xayrlashmoqchi

Baho:
+ | -

«Al-Hilol» klubi yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar hujumchi Karim Benzema bilan shartnomani bekor qilish niyatida.

Saudiya klubi bosh murabbiyi Simone Indzagi 38 yoshli fransuz futbolchisini o‘z rejalariga kiritmayapti. Ammo vaziyat murakkabligicha qolmoqda, chunki Benzemaning maoshi qisman mamlakat rahbariyat organlari tomonidan to‘lanadi. Bundan tashqari, «Al-Hilol» shartnomani bekor qilish masalasini Saudiya ligasi bilan ham kelishishi kerak.

Benzema, o‘z navbatida, shartnomaning oxirgi yili uchun ko‘zda tutilgan barcha mablag‘ni olsagina, erkin agent sifatida ketishga tayyor. Ushbu talab «Al-Hilol»ni ham, ligani ham, mamlakat rahbariyatini ham qoniqtirmayapti.

Bu orada klub «Aston Villa» hujumchisi Olli Uotkins bilan kelishib olgan, biroq Benzema atrofidagi boshijarlik sababli inglizlarga rasmiy taklif yubora olmayapti.

Kiritildi: 06:44, 18.08.2026.
O'qildi: 775 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик