Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

Ispaniyalik jurnalist: "Barselona" Rodrini "Real"ga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun oldi"

Ispaniyalik jurnalist: "Barselona" Rodrini "Real"ga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun oldi"

Baho:
+ | -

Ispaniyaning mashhur El Chiringuito TV dasturi jurnalisti Edu Agirre "Barselona"ning Rodrini tarkibga qo‘shish harakatiga munosabat bildirdi. Uning fikricha, kataloniyaliklar ispaniyalik yarim himoyachini faqat jamoani kuchaytirish uchun emas, balki uning "Real Madrid"ga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ham tanlagan.

"Albatta, men Rodrini "Real Madrid" safida ko‘rishni istardim. U ajoyib futbolchi va uni "Real" libosida ko‘rsam, xursand bo‘lardim.

"Barselona" uni "Real Madrid" sotib olmasligi uchun olib kelganiga shubham yo‘q", — dedi Agirre.

Jurnalist kataloniyaliklarning harakatini so‘nggi transfer jarayonlari bilan ham bog‘ladi. Uning ta’kidlashicha, "Barselona" Xulian Alvaresni qo‘lga kiritish borasidagi muvaffaqiyatsiz urinishlardan keyin muxlislarga katta transfer taqdim etishni istagan.

"Menimcha, Xulian Alvares bilan bog‘liq vaziyatlardan keyin "Barsa" uning kelmasligini tushunib yetdi. Buning ustiga, "Real Madrid" transfer bozorida muvaffaqiyatli ishladi. Shunday sharoitda Laporta: "Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi Rodri bilan shartnoma imzolasam, muxlislar meni olqishlaydi", deb o‘ylagan bo‘lishi mumkin", — dedi u.

Shu bilan birga, Agirre Rodrining futbolchilik saviyasiga shubha qilmasligini, ammo "Barselona" tarkibida shu pozisiyada o‘ynay oladigan Mark Bernal borligi sababli bu transferni sport nuqtayi nazaridan zarur deb hisoblamasligini qayd etdi.

"Rodri — shubhasiz, ajoyib futbolchi. Lekin menimcha, "Barselona" uni olib kelishga muhtoj emasdi. Chunki ularda Mark Bernal bor", — dedi jurnalist.

Ayni paytda, Britaniya matbuoti "Barselona" va "Manchester Siti" Rodri transferi bo‘yicha taxminan 65,4 mln funtlik kelishuvga erishgani, futbolchi esa Kataloniyaga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yetib kelganini xabar qilmoqda. Hozircha "Barselona" tomonidan transfer rasman e’lon qilinmagan.

Rodri 2026 yilgi jahon chempionatida Ispaniya milliy jamoasi bilan bosh sovrinni qo‘lga kiritdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi sifatida "Oltin to‘p" mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Avvalroq futbolchi "Real Madrid" bilan ham bog‘langan, ammo muzokaralar yakuniga yetmaganidan keyin "Barselona" transfer uchun faol harakat boshlagani xabar qilingandi.

Mark Bernal esa "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, tayanch yarimhimoyachisi pozisiyasida harakat qiladi. Shu bois Agirre Rodrining kelishi yosh futbolchining jamoadagi roliga ham ta’sir qilishi mumkin, degan nuqtayi nazarni ilgari surmoqda.

Kiritildi: 12:04, 18.08.2026.
O'qildi: 1018 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик