Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/08 19:00 Neftchi 3-0 So‘g‘diyona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Buxoro

"Lasio" Ikardi transferi ustida jiddiy ishlamoqda

"Lasio" Ikardi transferi ustida jiddiy ishlamoqda

Baho:
+ | -

"Lasio" argentinalik hujumchi Mauro Ikardini o‘z safiga qo‘shish uchun harakatlarni kuchaytirdi. Bu haqda Janluka Di Marsio xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Rim klubi futbolchi tomonining talablarini qondirish uchun jiddiy harakat qilishga tayyor. Hozircha rasmiy taklif yuborilmagan, ammo tomonlar o‘rtasida aloqalar davom etmoqda va yaqin vaqt ichida kelishuv imkoniyati aniqlashishi kutilmoqda.

33 yoshli Ikardi hozir erkin agent hisoblanadi. Uning "Galatasaroy" bilan shartnomasi yakunlangan.

Agar transfer amalga oshsa, Ikardi 2019 yilda Italiyani tark etganidan keyin A Seriyaga qaytadi. U avval "Sampdoriya" va "Inter" safida to‘p tepgan.

"Lasio" Ikardi varianti bilan bir qatorda Andrea Pinamonti nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda.

Kiritildi: 13:13, 18.08.2026.
O'qildi: 690 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик