Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

Lotar Matteus «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogarni aytdi

Lotar Matteus «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogarni aytdi

Baho:
+ | -3

«Bavariya»ning sobiq yarim himoyachisi Lotar Matteus myunxenliklar hujumchisi Xarri Keynning «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

«Xarri Keyn shanba kuni “RB Leypsig”ga qarshi o‘yinda maydonga tushmadi. Chorshanba kuni esa angliyalik futbolchi Yevropaning eng yaxshi to‘purari sifatida “Oltin butsa”ni qabul qilib oldi. Mening fikrimcha, Keyn “Oltin to‘p” uchun ham asosiy da’vogar hisoblanadi. Men bir o‘yin yoki faqat jahon chempionatini emas, butun yil davomidagi natijalarni baholayman.

Bir nechta futbolchi “Barselona” safida Ispaniya chempionligini va milliy terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Ammo ular orasida boshqalardan yaqqol ajralib turgan futbolchi bormi? Lamin Yamal haqida gapiradigan bo‘lsam, javobim — yo‘q!

Lionel Messi “Inter Mayami” bilan MLS chempionligini qo‘lga kiritdi. Ammo bu liga Yevropa chempionatlarichalik kuchli emas. Jahon chempionatida u sakkizta gol urdi, biroq ikkita penaltini aniq amalga oshira olmadi. Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasi bilan jahon chempionati yarim finaligacha yetib bordi, ammo “Real” safida birorta ham sovrin yutmadi. Angliyalik Jud Bellingem haqida ham xuddi shuni aytish mumkin.

Keyn “Bavariya” bilan mamlakat miqyosida ikkita sovrinni qo‘lga kiritdi. Uning yagona kamchiligi — jahon chempionati va Chempionlar ligasi finaliga yetib bormagani. Qolgan jihatlar bo‘yicha u ajoyib o‘yin namoyish etdi va, menimcha, mavsum davomida unda birorta ham jiddiy pasayish kuzatilmadi. Keyn va Rodri — maydondagi harakatlari bilan o‘zlari haqida gapirtiradigan va maydon tashqarisidagi mojarolar sabab sarlavhalardan joy olmaydigan futbolchilar.

Menimcha, “Oltin to‘p”ga eng ko‘p loyiq futbolchi — Xarri Keyn», — deb yozdi Matteus o‘z kolumnasida.

Kiritildi: 17:40, 18.08.2026.
O'qildi: 962 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик