Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Zeytullayev: "O‘zbekiston Rossiya bilan tengma-teng raqobatlasha oladi"

Zeytullayev: "O‘zbekiston Rossiya bilan tengma-teng raqobatlasha oladi"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston milliy jamoasining sobiq futbolchisi Ilyas Zeytullayev "Evro-Futbol.Ru" nashriga bergan intervyusida O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasida kuzda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

— Rossiya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi ehtimoliy uchrashuvga qanday qaraysiz?

"Rossiya terma jamoasi doim yaxshi raqib bo‘lib kelgan. O‘zbekiston uchun bu yaxshi sinov uchrashuvi bo‘ladi. Bu juda yaxshi yangilik.

Rossiya terma jamoasi sanksiyalar sabab xalqaro musobaqalarda ishtirok etmayotgan bo‘lsa-da, baribir top darajadagi terma jamoalardan biri. Ularning tarkibi juda kuchli. So‘nggi yillarda ularga o‘yin amaliyoti yetishmayapti, ammo Rossiyani hech qachon hisobdan chiqarib bo‘lmaydi. Chunki ular doimo kuchli jamoaga ega bo‘lgan", — dedi Zeytullayev.

— O‘zbekiston bu o‘yinda favorit bo‘ladimi?

"Menimcha, yo‘q. Lekin oxirgi o‘zaro uchrashuvdan buyon O‘zbekiston terma jamoasi ancha o‘sdi. Qolaversa, jahon chempionatida ishtirok etib, katta tajriba to‘pladi. Yaxshi o‘yin bo‘lishi mumkin. Biz Rossiya terma jamoasi bilan tengma-teng raqobatlasha olamiz", — dedi sobiq futbolchi.

Avvalroq O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 25 sentyabr kuni Nijniy Novgorodda o‘tkazilishi mumkinligi xabar qilingandi.

Kiritildi: 18:16, 18.08.2026.
O'qildi: 883 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик