"Fenerbaxche" hujumchisi Romelu Lukaku Chempionlar ligasi saralashining pley-off bosqichi birinchi uchrashuvida "Lion" bilan qayd etilgan 1:1 hisobidagi durang haqida fikr bildirdi.
"Bu juda katta umidsizlik. Jamoamiz yaxshiroq o‘ynadi. Birinchi bo‘limda raqib yaratgan ilk xavfli vaziyatdanoq gol o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda esa munosib javob qaytardik va uni gol bilan boshladik. Endi biz yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz va to‘liq tiklanishimiz kerak", — deya Lukakuning so‘zlarini UEFA rasmiy sayti keltiradi.
Javob uchrashuvi bir haftadan so‘ng — 26 avgust kuni Fransiyada bo‘lib o‘tadi. G‘olib jamoa Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga yo‘llanma oladi, mag‘lub bo‘lgan klub esa Yevropa ligasida ishtirok etadi.













