"Brayton" rasmiy sayti orqali "Yunion" hujumchisi Promis Devid Akinpeluni ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi. Kelishuvda muayyan shartlar bajarilgan taqdirda futbolchini majburiy sotib olish bandi ham mavjud.
"Biz Promisni anchadan beri kuzatib kelyapmiz. U aniq ifodalangan markaziy hujumchi bo‘lib, ajoyib jismoniy ko‘rsatkichlarga va yaxshi natijadorlikka ega. Uning terma jamoa va yevrokuboklardagi tajribasi joriy mavsumda biz uchun juda qimmatli bo‘ladi, deb umid qilamiz", — dedi Angliya klubi sport direktori Mayk Keyv.
25 yoshli Devid, shuningdek Tobi laqabi bilan ham tanilgan, "Yunion" safida 82 ta o‘yin o‘tkazib, 41 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Kanada terma jamoasi safida esa u 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan. Ulardan biri 2026 yilgi jahon chempionatida qayd etilgan.













