Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Suzuki rasman «Aston Villa» futbolchisiga aylandi

Suzuki rasman «Aston Villa» futbolchisiga aylandi

Baho:
+ | -

Yaponiyalik darvozabon Zion Suzuki rasman Italiyaning «Parma» klubidan Angliyaning «Aston Villa» jamoasiga o‘tdi. Bu haqda Birmingem klubi matbuot xizmati xabar berdi. Bitim tafsilotlari hozircha oshkor qilinmagan.

Avvalroq 23 yoshli golkiper transferi bonuslarni hisobga olgan holda «Aston Villa»ga 35 million yevroga tushishi mumkinligi xabar qilingan edi. Futbolchi yangi klubi bilan 2031 yilga qadar shartnoma imzolashi kutilgan.

Sudzuki 2024 yildan buyon «Parma» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U shu vaqt mobaynida barcha musobaqalarda 59 ta uchrashuvda maydonga tushib, 83 ta gol o‘tkazib yuborgan va 13 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

«Aston Villa» yangi mavsumdagi ilk rasmiy o‘yinini 23 avgust kuni «Brayton»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 13:45, 19.08.2026.
O'qildi: 1303 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик