«Bavariya» klubi bir ovozdan Jamal Musialaga o‘rinbosar izlamaslik qarorini qabul qildi. Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, klub Musialani 100% qo‘llab-quvvatlaydi va myunxenliklar futbolchiga to‘liq sog‘ayib olishi uchun zarur vaqtni taqdim etishadi.
Ta’kidlanishicha, «Bavariya»da «o‘nlik» pozisiyasi uchun bir nechta muqobil variantlar mavjud, jumladan Lennart Karl, Ismael Saybari va Serj Gnabri.
Avvalroq Jamal Musiala o‘zidagi asab tizimi buzilishi haqida gapirib bergan edi. Aynan ushbu muammo sababli futbolchi so‘nggi ikkita o‘yinda hushini yo‘qotgan. Musialaning so‘zlariga ko‘ra, uning salomatligiga keyingi xavf-xatarlar yo‘q, ammo muolaja va davolanish talab etiladi.













