Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

«Barselona» yangi futbolchisi terma jamoasini o‘zgartirish taklifini qabul qilmadi

«Barselona» yangi futbolchisi terma jamoasini o‘zgartirish taklifini qabul qilmadi

Baho:
+ | -

«Barselona»ning yangi futbolchisi Jesse Bisivu Gana futbol federasiyasining sport fuqaroligini o‘zgartirish va mamlakat milliy jamoasida to‘p tepish haqidagi taklifini rad etdi.

Xabarlarga ko‘ra, Gana futbol federasiyasi 18 yoshli vingerning vakillari bilan bir necha bor aloqaga chiqqan. Futbolchiga hatto Gana milliy jamoasidan joy berilishi kafolatlanganiga qaramay, uning oilasi bu taklifni qabul qilmagan. Ayni paytda Gana tomoni Bisivuni o‘z safiga jalb qilishga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Bisivu Belgiyada tug‘ilgan va ushbu mamlakatning yoshlar terma jamoalarida to‘p tepib kelmoqda. Futbolchi o‘zining xalqaro maydondagi kelajagini aynan Belgiya terma jamoasi bilan bog‘lamoqda. «Barselona» ham uni taqdim etar ekan, Bisivu Belgiya yoshlar terma jamoalarining doimiy a’zosi bo‘lib kelganini qayd etgan.

Jesse Bisivu iyul oyi oxirida «Bryugge»dan «Barselona»ga ko‘chib o‘tdi. Kataloniya klubi 18 yoshli vinger bilan 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.

Kiritildi: 15:52, 20.08.2026.
O'qildi: 1311 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик