Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

«Almeriya» «Real»ning yana bir iqtidorli futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqda

«Almeriya» «Real»ning yana bir iqtidorli futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqda

Baho:
+ | -

«Real» tarbiyalanuvchisi Manuel Anxel Moran faoliyatini «Almeriya»da davom ettirishga yaqin.

ABC tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 22 yoshli yarim himoyachi «Kastilya»ni tark etib, Segundada ishtirok etayotgan «Almeriya» safiga qo‘shiladi. Transfer yaqin vaqt ichida rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Cadena SER ham 20 avgust kuni «Almeriya» Manuel Anxel transferini hal qilgani haqida xabar berdi. Manba futbolchining ham tayanch, ham markaziy yarim himoyachi sifatida harakat qila olishi va to‘p bilan ishlashdagi qobiliyatini alohida qayd etgan.

Manuel Anxel «Real» akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, so‘nggi yillarda «Kastilya»ning muhim futbolchilaridan biriga aylandi. U «Real»ning asosiy jamoasida ham imkoniyatga ega bo‘lib, La Liga va Chempionlar ligasi bahslarida maydonga tushgan. Yozda futbolchiga boshqa klublardan ham qiziqish bo‘lgan — xususan, «Deportivo» uni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqqan.

Madridliklar ham 22 yoshli futbolchining ketishi mumkinligini hisobga olib kelayotgandi. AS nashri 15 avgust kuni «Kastilya»da kutilayotgan transferlar haqida yozar ekan, Manuel Anxel jamoani tark etishi kutilayotgan futbolchilar qatorida ekanini qayd etgan.

«Almeriya» yosh ispaniyalikni markaziy chiziqni kuchaytirish maqsadida olib kelmoqda. Jamoa yozda yarimhimoyada bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirdi va Manuel Anxel yangi mavsum uchun ushbu pozisiyadagi navbatdagi kuchaytirish bo‘ladi.

Shu tariqa, «Almeriya» «Real» akademiyasidan chiqqan yana bir futbolchiga ishonch bildirmoqda. Jamoa safida madridliklar tarbiyalanuvchisi Serxio Arribas ham to‘p surmoqda.

Kiritildi: 17:35, 20.08.2026.
O'qildi: 1315 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик