Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Benzema kelajagi borasida qarorini aytdi

Benzema kelajagi borasida qarorini aytdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

«Al-Hilol» hujumchisi Karim Benzema joriy mavsumda Saudiya Arabistoni klubini tark etmasligini ma’lum qildi.

«Men «Al-Hilol»da qolaman», — deya fransuz futbolchisining so‘zlarini insayder Fabrisio Romano keltirdi. Shu tariqa, Benzema so‘nggi kunlarda uning kelajagi borasida tarqalgan mish-mishlarga nuqta qo‘ydi.

Benzema 2026 yil fevralida «Al-Ittihod»ni tark etib, «Al-Hilol» safiga qo‘shilgan edi.

Fransuz hujumchisi professional faoliyatini «Lion»da boshlagan. 2009 yilda u «Real»ga ko‘chib o‘tib, Madrid klubida 14 mavsum o‘tkazdi va 25 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Ular orasida Chempionlar ligasining beshta bosh sovrini ham bor.

2022 yilda Benzema «Oltin to‘p» sohibi bo‘ldi. U 2023 yil yozida «Real»dan ketib, Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubiga o‘tgandi.

Kiritildi: 07:20, 21.08.2026.
O'qildi: 2688 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик