Dortmundning "Borussiya" klubi darvozaboni Gregor Kobel "Bavariya"ning 40 yoshli sardori Manuel Noyerning o‘yini haqida fikr bildirdi.
O‘tgan mavsum yakunida myunxenliklar posboni klub bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi. Yozda esa u Germaniya terma jamoasi safida jahon chempionatida ham ishtirok etdi.
"Noyer shuncha yildan keyin ham yuqori saviyada o‘ynashda davom etayotgani juda ta’sirli. U hali ham eng yaxshi darvozabonlar qatorida. Men unga qarshi o‘ynashdan doimo mamnunman. Bunday yuqori darajani uzoq yillar davomida saqlab turish uchun ruhiy va jismoniy jihatdan nihoyatda kuchli bo‘lish kerak. Uning maydonda qanday harakat qilishi va o‘yinni qanday o‘qishini kuzatish yoqimli", — dedi Kobel.
Shanba kuni "Borussiya" va "Bavariya" Germaniya Superkubogi uchun bahs olib boradi.













