Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Gavi boshpanasizlar uchun 150 ta uy qurishga 1,3 mln yevro xayriya qildi

Gavi boshpanasizlar uchun 150 ta uy qurishga 1,3 mln yevro xayriya qildi

Baho:
+ | -

“Barselona” klubi yarimhimoyachisi Gavi o‘zi tug‘ilib o‘sgan Los-Palasios va Vilyafranka shaharchasidagi boshpanasiz insonlar uchun turar joylar barpo etish maqsadida katta miqdorda xayriya qildi. La Razon nashrining xabar berishicha, futbolchi og‘ir sharoitda kun kechirayotgan hamshaharlarini qo‘llab-quvvatlash uchun ushbu loyihaga 1,3 million yevro sarflamoqda.

Ajratilgan pullar evaziga 150 ta xonadon bunyod etiladi va 300 nafar uysiz odam doimiy yashash joyiga ega bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, bu qandaydir daromad ko‘zlab qilingan biznes sarmoyasi emas, balki faqatgina mahalliy xalqning yashash sharoitini yaxshilashga qaratilgan xayriya ishidir.

“Sovuq qish kechalarida boshpanasiz, yashab qolish uchun qiynalayotgan juda ko‘plab insonlarni ko‘rganman. Agar nimadir o‘zgartirishga qodir bo‘lsam, har doim yordam qo‘lini cho‘zishni o‘zimning burchim deb bilganman. Yaqinlarim, oilam, do‘stlarim hamda shu darajaga yetish yo‘lidagi barcha mehnat va mashaqqatlar tufayli bugun hammasi o‘zini oqladi, deya olaman. Agar imkon tug‘ilsa, bu yo‘lni aslo ikkilanmay qaytadan bosib o‘tgan bo‘lardim”, deydi Gavi.

Ma’lumot uchun, Gavi “Barselona”ga ko‘chib o‘tishidan oldin bolaligining katta qismini Los-Palasiosda o‘tkazgan. Otasi Pabloning kichik biznesi bor edi, onasi Xema esa “Betis” klubining kir yuvish bo‘limida ishlagan. Bu esa yosh yigitchaning futbol muhitida ulg‘ayishiga zamin yaratgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:08, 21.08.2026.
O'qildi: 1052 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик