O‘zbekiston Superligasida 18-tur yakunlariga ko‘ra to‘purarlar poygasida "So‘g‘diyona" hujumchisi Lyupcho Doriyev peshqadamlik qilmoqda.
Shimoliy makedoniyalik futbolchi "Qizilqum"ga qarshi 18-tur uchrashuvida ham gol urib, chempionatdagi gollari sonini 13 taga yetkazdi. "So‘g‘diyona" mazkur bahsda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Doriyevning eng yaqin ta’qibchilari — "Dinamo" hujumchisi Anvarjon Hojimirzayev, "Lokomotiv" vakili Temurxo‘ja Abduxoliqov hamda "Neftchi" legioneri Stipe Perisa hisobida 9 tadan gol bor.
Keyingi o‘rinlarni 8 tadan gol urgan "Paxtakor" hujumchisi Stefen Chinedu va "Buxoro" futbolchisi Sherzod Esanov egallab turibdi.
18-turdan keyingi to‘purarlar:
Lyupcho Doriyev ("So‘g‘diyona") — 13 gol
Anvarjon Hojimirzayev ("Dinamo") — 9 gol
Temurxo‘ja Abduxoliqov ("Lokomotiv") — 9 gol
Stipe Perisa ("Neftchi") — 9 gol
Stefen Chinedu ("Paxtakor") — 8 gol
Sherzod Esanov ("Buxoro") — 8 gol













