"Manchester Yunayted" Markus Reshford 2026/27 yilgi mavsumda 9-raqamli futbolkada harakat qilishini rasman tasdiqladi.
Reshford o‘tgan hafta "Milan"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ham 9-raqamda maydonga tushgandi, ammo o‘shanda klub bu raqam vaqtinchalik ekanini bildirgan. Endi esa futbolchining raqami Premyer-ligaga rasman taqdim etildi.
9-raqam Rasmus Xyoylundning "Napoli"ga transferidan keyin bo‘sh qolgandi. Reshford avval "MYU"da 10-raqamda o‘ynagan, ammo hozir bu raqam yozda jamoaga kelib qo‘shilgan Mateus Kunyaga tegishli.
Shunga qaramay, transfer oynasi yopilmagani sabab 28 yoshli angliyalikning "Old Trafford"dagi kelajagi hali ham to‘liq aniq emas. Bosh murabbiy Maykl Kerrik esa Reshford qaytganidan buyon u haqida ijobiy fikr bildirib kelmoqda.
"Markus bizga juda ko‘p narsa bera oladi. U buni avval ham ko‘rsatgan va yana ko‘rsata oladi. Shu jihatdan bu juda qiziq", — dedi Kerrik.













