«Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumini kutilmagan mag‘lubiyat bilan boshladi. Maykl Kerrik shogirdlari 1-turda APLga qaytgan «Xall Siti» maydonida 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bu natija «Manchester Yunayted» tarixida antirekord bo‘ldi. Mankunianliklar Angliya yuqori divizionidagi barcha ishtiroklari davomida ilk bor mavsumning birinchi uchrashuvida elitaga yangi chiqqan jamoaga mag‘lub bo‘ldi.
Qizig‘i, «qizil iblislar» keyingi turda yana bir APLga qaytgan klub bilan to‘qnash keladi. 30 avgust kuni «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Ipsvich»ni qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» o‘tgan mavsum APL turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallagan edi.













