Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares jamoaning «Vilyarreal»ga qarshi navbatdagi uchrashuvida maydonga tushishi mumkin.
Klubning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, argentinalik futbolchi La Liganing 2-turidan o‘rin olgan yakshanba kungi bahs uchun «Atletiko» qaydnomasiga kiritildi.
26 yoshli hujumchi jarohati sababli mavsumning «Malaga»ga qarshi ilk uchrashuvini o‘tkazib yuborgandi. U jahon chempionatidan keyin ta’tilda bo‘lgani uchun mavsumoldi nazorat o‘yinlarida ham ishtirok etmagan.
«Atletiko» Alvaressiz La Ligadagi ishtirokini o‘z maydonida «Malaga» ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi.
O‘sha uchrashuvda ayrim muxlislar klubni tark etish istagini ochiq bildirgan Alvaresni haqorat qiluvchi hayqiriqlar aytdi. «Atletiko» esa o‘zining yulduz futbolchisini «Barselona»ga sotishdan bosh tortmoqda.













