Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

"Neftchi" "So‘g‘diyona"ni barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ortda qoldirdi (O‘yin statistikasi)

"Neftchi" "So‘g‘diyona"ni barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ortda qoldirdi (O‘yin statistikasi)

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 19-turidan o‘rin olgan "Neftchi" — "So‘g‘diyona" uchrashuvi farg‘onaliklarning 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuv statistikasi ham "Neftchi"ning sezilarli ustunligini ko‘rsatadi. Farg‘onaliklar raqib darvozasi tomon 34 marta zarba berib, ularning 11 tasini aniq yo‘llashdi. "So‘g‘diyona" esa 8 ta zarba berdi va shundan 3 tasi darvoza sohasiga to‘g‘ri keldi.

Kutilayotgan gollar (xG) ko‘rsatkichida ham katta farq qayd etildi — "Neftchi"da 5,18, "So‘g‘diyona"da 0,50. To‘p nazorati bo‘yicha mezbonlar 56 foizga, jizzaxliklar 44 foizga ega bo‘ldi.

Shuningdek, "Neftchi" 18 ta burchak zarbasi ishladi, "So‘g‘diyona"da esa bu ko‘rsatkich 7 tani tashkil qildi. Kalit paslar bo‘yicha farg‘onaliklar 27:6 hisobida ustunlik qildi.

Uchrashuv statistikasi:

"Neftchi" — "So‘g‘diyona" — 3:0
xG — 5,18:0,50
To‘p nazorati — 56%:44%
Zarbalar — 34:8
Aniq zarbalar — 11:3
Paslar aniqligi — 78%:74%
Qoidabuzarliklar — 7:4
Kalit paslar — 27:6
Burchak zarbalari — 18:7
Ofsayd — 1:3

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:21, 23.08.2026.
O'qildi: 778 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик