Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/08 19:00 Neftchi 3-0 So‘g‘diyona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Buxoro

Flik Gavining jarohati bo‘yicha dastlabki ma’lumotni berdi

Flik Gavining jarohati bo‘yicha dastlabki ma’lumotni berdi

Baho:
+1 | -

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik mavsumning «Elche»ga qarshi ilk rasmiy uchrashuvida Gavi olgan jarohat haqida fikr bildirdi.

Yarim himoyachi birinchi bo‘lim so‘nggida jarohat sabab maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Uning o‘rniga Pedri maydonga tushdi.

«Gavining tibbiy tekshiruv natijalarini kutishimiz kerak. Muammo tizzasida. Vaziyat u almashtirilganidan keyin dastlab o‘ylaganchalik yomon emas. O‘yindan keyin u o‘zini ancha yaxshi his qildi. Ko‘ramiz», — dedi Flik.

«Barselona» «Elche»ni 5:0 hisobida yirik hisobda mag‘lub etdi. Kataloniyaliklar safida Rafinya Dias va Fermin Lopes ikkitadan gol urgan bo‘lsa, jamoa yangi a’zosi Karim Adeyemi yana bir golga mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, Gavi o‘tgan yilning avgust oyida tizzasidan operasiya qilinganidan so‘ng uzoq vaqt tiklanish jarayonini o‘tagan va joriy yilning may oyida safga qaytgan edi.

Kiritildi: 08:39, 24.08.2026.
O'qildi: 1017 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик