«Fiorentina» bosh murabbiyi Fabio Grosso Italiya chempionatining 1-turida «Roma»ga qarshi safar uchrashuvidagi mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.
«Bunday o‘yinda barchasini alohida futbolchilar bilan bog‘lash vaziyatni juda soddalashtirish bo‘lardi. Moyze Kinga kelsak, men bu o‘yinda juda ko‘p mehnat qilish kerakligini tasavvur qilgandim. Ikki hujumchini ham maydonga tushirishimiz mumkin edi, ammo bu o‘yinimizni keskin o‘zgartirib yuborishi mumkindi.
Shu sababli kurashuvchan Mateo Pelyegrinoni tanladim. Ikkinchi bo‘limda esa Kinning kuchli jihatlaridan foydalanmoqchi edim. Uni maydonga tushirish uchun almashtirishga tayyorlanayotgan paytimizda gol o‘tkazib yubordik.
Biz kuchli va shakllangan jamoaga qarshi o‘ynadik. Ular o‘tgan mavsumdagidek yaxshi ko‘rinishdi.
Qiyinchiliklar bo‘lishini bilardim. Birinchi golni boshlanishi menda shubha uyg‘otgan hujumdan o‘tkazib yubordik. Ikkinchi gol esa eng yaxshi o‘ynayotgan paytimizga to‘g‘ri keldi.
Biz xafamiz, ammo raqib bizga muammolar tug‘dirdi. Bu uchrashuvdan ko‘p saboq olamiz va o‘yinimizni yaxshilash ustida ishlaymiz.
Bu yerga kelib, kuchli jamoaga qarshi o‘ynash hech qachon oson emas. Faqat ishlashning o‘zi yetarli emas, to‘liq va sifatli o‘yinlar o‘tkazish kerak. Himoyalanish va kurashish talab qilinganda, buni bajarishingiz shart», — dedi italiyalik mutaxassis matbuot anjumanida.
«Fiorentina» navbatdagi uchrashuvini 29 avgust kuni o‘z maydonida «Frozinone»ga qarshi o‘tkazadi.













