Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Al-Hilol» Martinelliga yiliga qancha maosh to‘lashi ma’lum bo‘ldi

«Al-Hilol» Martinelliga yiliga qancha maosh to‘lashi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Al-Hilol» «Arsenal» hujumchisi Gabriel Martinelli transferi bo‘yicha London klubi bilan kelishuvga yaqinlashmoqda.

CBS Sports ma’lumotiga ko‘ra, «Arsenal» saudiyaliklar taklif qilayotgan summadan 8 million yevro ko‘proq mablag‘ talab qilmoqda. Shuningdek, «kanonirlar» kelishuvga futbolchining kelajakdagi transferidan ma’lum foiz olish imkonini beruvchi bandni kiritishni ham ko‘rib chiqmoqda.

Qayd etilishicha, «Al-Hilol» braziliyalik futbolchiga yiliga qariyb 20 million yevro maosh va qo‘shimcha bonuslar taklif qilishga tayyor. Bu Martinellining «Arsenal»da olayotgan hozirgi maoshidan deyarli ikki baravar ko‘p.

O‘tgan yozda vositachilar Martinellini «An-Nasr»ga taklif qilishgan edi. O‘sha paytda «Arsenal» futbolchisini 85 million yevrodan yuqori baholagandi. Biroq braziliyalik futbolchining o‘zi Saudiya Arabistoni klubiga o‘tishni rad etgan.

Kiritildi: 07:03, 25.08.2026.
O'qildi: 1563 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик