Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mudrik «Lids»ga o‘tishni istamoqda, ammo «Chelsi»ning boshqa rejasi bor

Mudrik «Lids»ga o‘tishni istamoqda, ammo «Chelsi»ning boshqa rejasi bor

Baho:
+ | -

«Lids» hamon Mixail Mudrikni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatiga umid qilmoqda.

The Athletic ma’lumotiga ko‘ra, «oqlar» ukrainalik futbolchining salohiyatini yuqori baholaydi va uzoq muddatli tanaffusdan keyin unga yana yaxshi sport formasiga kirishiga yordam bera olishiga ishonadi. Klub avval ham bir qator futbolchilar bilan bunga muvaffaq bo‘lgan.

«Lids»dagi manbalarning ishonch bilan ta’kidlashicha, Mudrikning o‘zi ham jamoaga qo‘shilishni juda istamoqda.

Biroq «Chelsi» Mudrikni «Strasbur»ga yuborish variantini ma’qul ko‘rmoqda. London klubi futbolchining muntazam va yetarlicha katta hajmda o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini istaydi. «Lids» esa Mudrikka asosiy tarkibda muntazam o‘ynash bo‘yicha hech qanday kafolat bermoqchi emas.

«Chelsi»dagi manbalarning ta’kidlashicha, «Lids Yunayted» tomonidan yetarlicha manfaatli taklif bo‘lmagani sababli bu variant hozircha kun tartibidan chiqqan.

Shu bilan birga, «Lids» Mudrik uchun muzokaralar klub belgilab qo‘ygan moliyaviy «chegaralar»dan chiqib ketadigan bo‘lsa, futbolchi uchun kurashdan voz kechishga tayyor.

Kiritildi: 07:05, 25.08.2026.
O'qildi: 786 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик