«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso APL doirasida «Fulxem»ga qarshi kechgan va 3:2 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvdan so‘ng darvozabon Robert Sanchesni tanqid qilishdan bosh tortdi.
Sanches «Fulxem»ning birinchi golida Josh Kingning yaqin burchakka yo‘llagan zarbasini qaytara olmadi. Ikkinchi golda esa Timoti Kastanning zarbasini qaytarganidan so‘ng to‘pni Gonsalo Garsiyaga to‘g‘irlab berdi va u bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi.
Ikkita qimmatga tushishi mumkin bo‘lgan xatoga qaramay, Alonso darvozabonni alohida tanqid qilish o‘rniga jamoaviy o‘yinga e’tibor qaratdi.
«Gap alohida futbolchilar yoki ularning vaziyati haqida emas. Bizdan nima talab qilinishini tushunishimiz kerak.
Albatta, birinchi gol vaziyatida yaxshiroq harakat qilishimiz mumkin edi. Ammo bu jarayon. Bu birinchi kun. Odatda, uch ochko qo‘lga kiritgan holda xatolardan saboq chiqarish osonroq bo‘ladi», — dedi Alonso.













