Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Atletiko»ning yangi futbolchisi jamoaga baho berdi

«Atletiko»ning yangi futbolchisi jamoaga baho berdi

Baho:
+ | -

«Atletiko» yarim himoyachisi Morten Yulmand La Liganing 2-turidan o‘rin olgan «Vilyarreal»ga qarshi o‘yindan (2:2) so‘ng taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Daniyalik futbolchi mazkur bahsda madridliklar safida ilk bor to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

«Bu yerda ekanimdan, shu stadionda va shunday saviyadagi futbolchilar bilan birga o‘ynayotganimdan juda faxrlanaman. «Malaga»ga qarshi debyutimdan ham, bugun «Vilyarreal»ga qarshi 90 daqiqa o‘ynaganimdan ham juda xursandman.

Ammo penaltiga sabab bo‘lganimdan va natijadan qoniqmadim», — dedi Yulmand klub matbuot xizmatiga.

«Vilyarreal»ga qarshi uchrashuvda Yulmandning qoidabuzarligidan so‘ng raqib penalti tepish huquqini qo‘lga kiritdi va Jerar Moreno hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv yakunda 2:2 hisobida yakunlandi. 

Kiritildi: 08:04, 25.08.2026.
O'qildi: 1106 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик